Biz haqimizda

Ijtimoiy tarmoq ishini tartibga solamiz

Socetify O'zbekistonda qurilmoqda. Boshlanishi bitta kuzatuv edi: jamoalar kontentni yaxshi yozadi, lekin uni boshqarish uchun beshta ilova ishlatadi — va ish aynan shu beshta ilova orasida yo'qoladi.

Nimaga ishonamiz

Ish joyida qolsin. Kontent, tasdiq va natija bir joyda bo'lsa, hech narsa yo'qolmaydi va hech kim "men ko'rmagandim" demaydi.

Ma'lumot mijozniki. Har bir tashkilot ma'lumoti baza darajasida ajratilgan, eksport qilinadi, o'chirish so'ralsa o'chiriladi.

Ochiq gapiramiz. Nima ishlayotgani va nima hali tayyor emasligi sahifada yozilgan — masalan kanallar bo'limida qaysi biri hali tasdiq jarayonida ekani ko'rsatilgan.

Hozirgi holat

Mahsulot qurilmoqda. Quyidagilar bugungi haqiqat — va'da emas.

O'zbekiston Ma'lumot va media o'z serverimizda saqlanadi
O'zbek tili Rus va ingliz tillari rejada, hali tayyor emas
Har hafta Yangilanish chiqadi — tarixi ochiq
Jonli Tizim holati shu yerda ko'rinadi

Savolingiz bormi?

Jarayoningizni yozing yoki shunchaki so'rang — javob beramiz.