Maxfiylik siyosati
Oxirgi yangilanish: 31.10.2026
Socetify — tashkilotlarga ijtimoiy tarmoq akkauntlarini bir joydan boshqarish, kontent rejalashtirish, nashr qilish va natijalarni kuzatish imkonini beruvchi platforma. Bu hujjat platformadan foydalanganda qanday ma'lumotlar qayta ishlanishini va ular qanday himoyalanishini tushuntiradi.
1. Qanday ma'lumotlar to'planadi
1.1. Siz beradigan ma'lumotlar
- Hisob ma'lumotlari: ism, elektron pochta manzili, parol (shifrlangan holda saqlanadi), interfeys tili va mavzu tanlovi.
- Ixtiyoriy profil ma'lumotlari: profil rasmi va telefon raqami — faqat o'zingiz qo'ysangiz. Ularni siz a'zo bo'lgan tashkilotlar jamoasi ko'radi. Rasm kichraytirib qayta saqlanadi va undagi qo'shimcha ma'lumotlar (masalan, suratga olingan joy) o'chiriladi. Istalgan vaqtda Sozlamalar → Profil'da olib tashlaysiz; hisob o'chirilganda ikkalasi ham o'chiriladi.
- Tashkilot ma'lumotlari: tashkilot nomi, vaqt mintaqasi, jamoa a'zolari va ularning rollari.
- Kontent: siz yaratgan postlar, sarlavhalar, matnlar, teglar, yuklangan rasm, video va audio fayllar.
- Murojaatlar: qo'llab-quvvatlash xizmatiga yozgan xabarlaringiz.
1.2. Ijtimoiy tarmoqlardan olinadigan ma'lumotlar
Siz ijtimoiy tarmoq hisobingizni ulaganingizda, faqat siz ruxsat bergan doirada quyidagilar olinadi:
- Sahifa, kanal yoki profil identifikatori va nomi
- Nashrlarni joylash va boshqarish uchun kirish kalitlari (access va refresh tokenlar)
- Nashrlar statistikasi: ko'rishlar, layklar, izohlar, ulashishlar soni
- Nashrlar ostidagi izohlar — ularga platformadan javob berish uchun
- Hisob ko'rsatkichlari (obunachilar soni) — kuniga bir marta, statistikani platforma bermaydigan uzoqroq davr uchun ko'rsatish maqsadida (YouTube bundan mustasno); kanal o'chirilganda o'chiriladi
- WhatsApp Business raqamingizni ulasangiz — mijozlaringiz shu raqamga yozgan xabarlar (matn, yuboruvchining raqami va WhatsApp dagi ismi): inboxda ko'rsatish va siz yozgan javobni yuborish uchun. Rasm, ovoz va boshqa fayllar yuklab olinmaydi
- WhatsApp raqamini «Raqamni ulash» orqali ulasangiz — Meta bergan kirish kaliti va raqamning ikki bosqichli PIN kodi shifrlangan holda saqlanadi, faqat shu raqam nomidan xabar qabul qilish va javob yuborish uchun ishlatiladi va raqam uzilganda o'chiriladi
- Telegram botingizni ulasangiz — botga yozilgan shaxsiy xabarlar (matn, yuboruvchining Telegram ismi va ID si): inboxda ko'rsatish va siz yozgan javobni yuborish uchun. Botning xom yangilanishlari 7 kundan keyin o'chiriladi. Siz botga Socetify bergan ulash kodini yuborsangiz, Socetify shu chatga Targeting bildirishnomalarini (kunlik hisobot, rad etilgan reklama, yangi lid soni) yuboradi — xabar matnida mijozlaringizning ismi yoki telefoni bo'lmaydi; ulanishni Targeting sahifasida uzasiz
Socetify shaxsiy yozishmalaringizni, do'stlar ro'yxatingizni yoki ulanish uchun kerak bo'lmagan boshqa ma'lumotlarni o'qimaydi.
1.3. Avtomatik to'planadigan ma'lumotlar
- Kirish jurnallari: IP manzil, brauzer turi, kirish vaqti
- Sessiya cookie fayllari — tizimda qolishingiz uchun zarur
- Amallar jurnali (audit): kim, qachon, qanday amal bajargani
2. Ma'lumotlar nima uchun ishlatiladi
| Maqsad | Nimalar ishlatiladi |
|---|---|
| Xizmatni taqdim etish | Hisob ma'lumotlari, kontent, ijtimoiy tarmoq tokenlari |
| Nashrlarni joylash va rejalashtirish | Kontent, media fayllar, ulanish tokenlari |
| Analitika va hisobotlar | Nashrlar statistikasi |
| Jamoaviy ish va tasdiqlash | Foydalanuvchi rollari, izohlar, bildirishnomalar |
| Qo'llab-quvvatlash | Murojaatlar, texnik jurnallar |
| Xavfsizlik va suiiste'molning oldini olish | Kirish jurnallari, audit yozuvlari |
| Obuna va to'lovlarni yuritish | Tashkilot va tarif ma'lumotlari |
Socetify sizning ma'lumotlaringizni o'z reklamasi uchun ishlatmaydi va reklama tarmoqlariga sotmaydi yoki uzatmaydi. Siz o'zingiz Targeting bo'limida Meta reklama hisobingizni ulasangiz, Socetify o'sha hisobdagi reklamani faqat sizning buyruqlaringiz bilan boshqaradi — 4-bo'limga qarang.
3. YouTube API xizmatlari va Google foydalanuvchi ma'lumotlari
3.1. Socetify YouTube API xizmatlaridan foydalanadi
Socetify YouTube API Services (YouTube API xizmatlari) dan foydalanadi. Siz YouTube kanalingizni ulaganingizda Socetify YouTube Data API orqali faqat siz ruxsat bergan doirada ishlaydi. YouTube funksiyalaridan foydalanish bilan siz YouTube Foydalanish shartlariga rozilik bildirasiz: https://www.youtube.com/t/terms. Google ma'lumotlaringizni qanday ishlatishi Google Maxfiylik siyosatida yozilgan: https://policies.google.com/privacy.
Socetify so'raydigan ruxsatlar: videoni kanalingizga yuklash (youtube.upload) va kanal hamda videolaringiz ma'lumotini o'qish (youtube.readonly). Socetify kanalingizdagi videolarni o'chirmaydi, izohlarni yozmaydi va kanal sozlamalarini o'zgartirmaydi.
3.2. Qaysi YouTube ma'lumotlariga kiriladi va nima saqlanadi
- Kanal identifikatori, nomi va rasmi — ulangan kanalni ko'rsatish uchun;
- Kirish kalitlari (OAuth access va refresh token) — bazada shifrlangan holda;
- Socetify orqali yuklangan videolaringizning identifikatori va yuklanish holati;
- Videolaringiz statistikasi — YouTube qaytargan ko'rishlar, layklar va izohlar soni, olingan sanasi bilan;
- Kanalingizdagi videolarning nomi va identifikatori — ularni Socetify'dagi kontent ro'yxatida ko'rsatish uchun.
3.3. Ma'lumot qanday ishlatiladi va qayta ishlanadi
- Faqat siz so'ragan funksiyalar uchun: siz rejalagan videoni kanalingizga yuklash va videolaringiz statistikasini sizga ko'rsatish.
- Statistika YouTube qaytargan holicha, har video alohida ko'rsatiladi. Socetify YouTube raqamlaridan o'rtacha, foiz o'zgarish yoki boshqa hisoblangan ko'rsatkich yasamaydi va ularni boshqa platformalar raqamlari bilan qo'shmaydi.
- Statistika taxminan har 6 soatda yangilanadi; kirish ruxsatining haqiqiyligi kamida har 30 kunda (amalda har 12 soatda) qayta tekshiriladi.
- Socetify Google API'laridan olingan ma'lumotlardan foydalanishi va ularni uzatishi Google API Services User Data Policy hujjatiga, jumladan Limited Use talablariga mos keladi: developers.google.com/terms/api-services-user-data-policy.
- YouTube ma'lumotlari reklama uchun ishlatilmaydi, sotilmaydi va sun'iy intellekt modellarini o'qitish uchun ishlatilmaydi.
3.4. Ma'lumot kim bilan ulashiladi
- Ichki: kanalni ulagan tashkilotingiz (ish maydoni) a'zolari — rollariga ko'ra — kanal nomini va video statistikasini ko'radi. Socetify xodimlari YouTube ma'lumotlaringizni o'qimaydi: faqat siz yordam so'raganingizda, xavfsizlik hodisasini tekshirishda yoki qonun talab qilganda.
- Tashqi: ma'lumot faqat Google'ga (YouTube API so'rovlari orqali) va Socetify ishlaydigan server infratuzilmasiga uzatiladi. U boshqa tashkilotlarga, reklama tarmoqlariga, ma'lumot sotuvchilarga yoki AI yordamchi xizmatiga berilmaydi.
3.5. Saqlash muddati va o'chirish
- Kanalni Socetify'da uzganingizda (Kanallar → Uzish) kirish kalitlari Google tomonida ham bekor qilinadi va video statistikasi hamda kanaldan olingan videolar ro'yxati darhol o'chiriladi.
- Ruxsatni Google tomonida bekor qilsangiz yoki u boshqa sabab bilan yaroqsiz bo'lib qolsa, kanalning YouTube ma'lumotlari 7 kun ichida o'chiriladi. YouTube'dan o'chirilgan video statistikasi ham 7 kun ichida o'chiriladi.
- O'chirish so'rovi privacy@socetify.com orqali 7 kun ichida bajariladi. Kundalik zaxira nusxalari 14 kun ichida avtomatik almashadi.
- Saqlanib qoladigani: kanal identifikatori — bitta kanalni ikki tashkilot egallab olmasligi uchun (Foydalanish shartlari, 3-bo'lim) — va xavfsizlik jurnalidagi ulash/uzish yozuvi (12 oy). Socetify orqali kanalga yuklagan videolaringiz YouTube'da qoladi — ularni YouTube'ning o'zida o'chirasiz.
3.6. Ruxsatni bekor qilish va murojaat
Socetify'ga berilgan ruxsatni istalgan vaqtda Google xavfsizlik sozlamalari sahifasida bekor qilishingiz mumkin: https://security.google.com/settings/security/permissions. Bu Socetify'ning o'zidagi «Uzish» tugmasiga qo'shimcha yo'l.
YouTube ma'lumotlari bo'yicha savol yoki shikoyat: privacy@socetify.com, pochta manzili: "FAMOUS PLATINIUM GROUP" MAS'ULIYATI CHEKLANGAN JAMIYAT, TOSHKENT VILOYATI, PARKENT TUMANI, МАРКАЗИЙ МФЙ, ОЙБЕК КУЧАСИ, 2-УЙ, 111304, O'zbekiston.
4. Meta (Facebook va Instagram) ma'lumotlari
Facebook sahifalari va Instagram professional hisoblari bilan ishlashda faqat siz ruxsat bergan sahifa va profillarga tegishli ma'lumotlar olinadi. Ular Meta Platform Terms va Developer Policies talablariga muvofiq ishlatiladi. Ruxsatni istalgan vaqtda Facebook sozlamalaridagi "Ilovalar va veb-saytlar" bo'limidan bekor qilishingiz mumkin.
Threads hisobingizni ulasangiz: profil identifikatori va foydalanuvchi nomi, kirish kaliti (bazada shifrlangan, 60 kun amal qiladi va muddati tugashidan oldin avtomatik yangilanadi), Socetify orqali chiqarilgan postlaringiz statistikasi (ko'rishlar, layklar, javoblar, repostlar va iqtiboslar soni), obunachilar soni (kuniga bir marta), shu postlarga yozilgan javoblar va sizni @eslatgan ommaviy postlar (matn, yozgan odamning Threads'dagi foydalanuvchi nomi va vaqti — Inbox'da ko'rsatish va siz yozgan javobni yuborish uchun) olinadi. Socetify Threads'dagi boshqa postlaringizni o'qimaydi; javobni faqat xodim Inbox'da yozib yuborganda chiqaradi va «Yashirish» bosilganda postingiz ostidagi javobni Threads'da yashiradi. Kanalni Socetify'da uzsangiz yoki Threads sozlamalaridagi «Veb-sayt ruxsatlari» bo'limidan Socetify'ni olib tashlasangiz, kirish kaliti o'chiriladi; Meta orqali kelgan ma'lumot o'chirish so'rovida ulanish darhol o'chiriladi.
Bu ma'lumotlar AI xizmatiga standart holatda yuborilmaydi. Faqat tashkilot egasi AI agent sahifasida alohida rozilik bersa, sahifa va hisoblar nomi, obunachilar soni tarixi hamda xodim «AI taklifi»ni bosgan suhbatning oxirgi xabarlari yoki izoh matni (ism va identifikatorlarsiz) tashkilotning o'z AI kaliti bilan agentga beriladi (5-bo'lim); rozilik istalgan vaqtda to'xtatiladi.
Threads ma'lumotlari ham (obunachilar soni tarixi, «AI taklifi» bosilgan javob yoki eslatma matni) AI xizmatiga faqat shu rozilik bilan beriladi.
Targeting (Meta reklamasi): «Socetify target» ilovasi orqali reklama hisobingizni ulasangiz, Meta'dan quyidagilar olinadi va saqlanadi: reklama hisobi raqami, nomi, valyutasi va holati; kirish kaliti (bazada shifrlangan); siz boshqaradigan Facebook sahifalari ro'yxati; kampaniyalaringizning nomi, holati, maqsadi, byudjeti va oxirgi 7 kundagi xarajat hamda natijalar soni (har 15 daqiqada yangilanadi). Socetify reklama kampaniyasini faqat siz «Ishga tushirish»ni bosganda yaratadi, faqat siz tasdiqlaganda yoki siz yoqqan avto rejim chegarasida to'xtatadi va byudjetini o'zgartiradi; to'lov usulingizga tegmaydi va uni ko'rmaydi. Hisobni Socetify'da uzsangiz kirish kaliti va saqlangan ro'yxat darhol o'chiriladi, Meta'dagi reklamalaringiz o'zgarmaydi; ruxsatni Facebook sozlamalaridagi «Ilovalar va veb-saytlar» bo'limidan ham bekor qilishingiz mumkin.
Lid formasi: maqsad «Lidlar» bo'lgan reklamada Meta'da ism va telefon so'raydigan forma yaratiladi (sizning maxfiylik siyosatingiz havolasi bilan), to'ldirgan odamlarning ism, telefon va forma maydonlari Socetify'ga olinadi va faqat tashkilotingiz a'zolariga ko'rsatiladi — bu sizning mijozlaringiz bazasi; AI xizmatiga yuborilmaydi, reklama hisobi uzilganda o'chiriladi.
Reklama ma'lumoti AI xizmatiga standart holatda yuborilmaydi. Faqat tashkilot egasi Targeting sahifasida alohida rozilik bersa, siz yozgan reklama savollari (maqsad, mahsulot tavsifi, hudud, kunlik byudjet, sahifa nomi) va kampaniyalaringizning nomi, holati, byudjeti, 7 kunlik xarajati va natijalar soni Socetify'ning o'z AI xizmatiga (5-bo'lim) yuboriladi — reja tuzish va kunlik tavsiya uchun. Kirish kaliti, reklama hisobi raqami, to'lov ma'lumoti va mijozlaringizning shaxsiy ma'lumotlari yuborilmaydi. Rozilik istalgan vaqtda to'xtatiladi; shundan keyin kunlik tekshiruv faqat Socetify'ning o'z qoidalari bilan ishlaydi.
Inbox'dagi xabarlar va izohlar (Facebook, Instagram, Threads, WhatsApp, Telegram): matn, yozgan odamning platformadagi ismi yoki foydalanuvchi nomi, vaqti va javob holati saqlanadi. Ularni faqat tashkilotingizning Inbox'ga kirish huquqi bor a'zolari ko'radi; reklama yoki boshqa tashkilotlar uchun ishlatilmaydi. Oxirgi xabaridan bir yil o'tgan suhbatlar va bir yildan eski izohlar avtomatik o'chiriladi. Kanal yoki WhatsApp raqami uzilganda undan kelgan suhbatlar va izohlar darhol o'chiriladi.
Mijozlar (CRM) ro'yxati: Inbox xabarida telefon raqami bo'lsa, Targeting lid formasi to'ldirilsa yoki xodim qo'lda kiritsa — mijozning ismi, telefoni, bosqichi va xodim izohi saqlanadi. Bu yozuvlar tashkilot a'zolaridan boshqa hech kimga ko'rinmaydi, AI xizmatlariga yuborilmaydi va tashkilot a'zosi o'chirguncha yoki tashkilot o'chirilguncha turadi (suhbatning o'zi bir yildan keyin o'chsa ham lid yozuvi qoladi).
5. Ma'lumotlar kimga uzatiladi
Socetify shaxsiy ma'lumotlarni sotmaydi va ijaraga bermaydi. Ma'lumotlar faqat quyidagi hollarda uzatiladi:
- Ijtimoiy tarmoq platformalariga — siz so'ragan nashrni joylash, tokenni yangilash yoki statistikani olish uchun (Telegram, YouTube/Google, Facebook, Instagram, Threads);
- Infratuzilma xizmatlariga — server va domen xizmatlari doirasida, texnik zaruratdan kelib chiqib;
- AI yordamchi xizmatiga (Anthropic) — faqat siz AI yordamchiga savol berganingizda va faqat javob tayyorlash uchun: savollaringiz matni, siz turgan sahifa manzili va undagi belgilangan yozuv maydonlaridagi matn (masalan, siz yozayotgan post qoralamasi), tarifingiz nomi, kanallaringizning soni va ishlash holati hamda chiqmagan postlarning Socetify yozgan sababi. YouTube, Facebook va Instagram'dan olingan ma'lumotlar (jumladan kanaldan import qilingan postlar matni) bu xizmatga yuborilmaydi. Targeting bo'limida — faqat tashkilot egasi alohida rozilik bergandan keyin — reklama savollaringiz va kampaniyalaringizning raqamlari (4-bo'lim) ham shu xizmatga yuboriladi; kirish kaliti va hisob raqami yuborilmaydi;
- AI agentga (siz tanlagan AI xizmati, sizning kalitingiz bilan) — faqat tashkilotingiz o'z kalitini qo'yib, agentga topshiriq berganda: topshiriq matni, agent ko'rsatmasi va ulangan platformalar nomi hamda belgi chegarasi. So'rov sizning kalitingiz bilan to'g'ridan-to'g'ri tashkilotingiz tanlagan AI xizmatiga (Anthropic, OpenAI, Google, DeepSeek, Groq, Mistral, xAI, OpenRouter yoki siz kiritgan boshqa xizmat) yuboriladi, xarajat sizning o'sha xizmatdagi hisobingizdan. Kalit shifrlangan holda saqlanadi. Agentga «Statistika» ruxsati berilsa — Telegram kanallaringiz nomi va a'zolar soni tarixi (Socetify arxividan). Xodim Inbox'da «AI taklifi» tugmasini bosganda — o'sha suhbatning oxirgi xabarlari matni yoki o'sha izoh matni va u yozilgan post matni (ism, raqam va identifikatorlarsiz); taklif faqat javob maydoniga yoziladi, yuborishni xodim o'zi bosadi. Facebook sahifalari, Instagram va Threads hisoblari nomi va obunachilar soni tarixi hamda Facebook, Instagram, Threads va WhatsApp suhbatlari va izohlari matni FAQAT tashkilot egasi AI agent sahifasida aynan o'sha AI xizmatini ko'rib, alohida rozilik bergandan keyin va faqat o'sha xizmatga yuboriladi; kalit boshqa xizmatga almashsa, rozilik qayta so'raladi; kim, qachon va qaysi xizmatga rozilik bergani saqlanadi, rozilik istalgan vaqtda to'xtatiladi. YouTube ma'lumoti (izohlar ham) agentga hech qachon yuborilmaydi;
- Rasm yasash xizmatiga (Higgsfield, sizning kalitingiz bilan) — faqat tashkilotingiz o'z Higgsfield kalitini qo'ysa va agentga rasm yasash ruxsatini bersa: agent yozgan rasm tavsifi matni. Tayyor rasm Media kutubxonangizga saqlanadi. Facebook, Instagram, WhatsApp va YouTube ma'lumoti bu xizmatga yuborilmaydi; xarajat sizning Higgsfield hisobingizdan;
- Qonuniy talab bo'yicha — vakolatli davlat organining qonunga muvofiq rasmiy so'rovi asosida.
Bir tashkilotning ma'lumotlari boshqa tashkilotga hech qachon ko'rsatilmaydi. Bu texnik darajada — ma'lumotlar bazasi so'rovlari darajasida — ta'minlangan.
6. Xavfsizlik
- Barcha ulanishlar HTTPS orqali shifrlanadi.
- Ijtimoiy tarmoq kirish kalitlari ma'lumotlar bazasida shifrlangan holda saqlanadi va platforma xodimlariga ko'rinmaydi.
- Parollar qaytarib bo'lmaydigan usulda (hash) saqlanadi.
- Har bir tashkilotning ma'lumotlari alohida ajratilgan.
- Ma'lumotlarga kirish rol asosida cheklanadi va audit jurnaliga yoziladi.
Shunga qaramay, internetda uzatiladigan hech qanday ma'lumot 100% xavfsiz emasligini yodda tuting.
7. Ma'lumotlar qancha saqlanadi
| Ma'lumot turi | Saqlash muddati |
|---|---|
| Hisob va tashkilot ma'lumotlari | Hisob faol bo'lgan davrda |
| Kontent va media fayllar | Siz o'chirmaguningizcha |
| Facebook, Instagram va Telegram statistikasi | Ulanish va tashkilot faol bo'lgan davrda |
| YouTube API ma'lumotlari | Ruxsat amal qilgan davrda (har 30 kunda qayta tekshiriladi); uzilganda darhol, ruxsat yo'qolganda 7 kun ichida o'chiriladi — 3.5-bandga qarang |
| Kirish va audit jurnallari | 12 oy |
| Ijtimoiy tarmoq tokenlari | Ulanish uzilgunga qadar; uzilganda darhol o'chiriladi |
| Reklama hisobi va kampaniyalar surati (Targeting) | Hisob ulangan davrda; uzilganda darhol o'chiriladi |
| O'chirilgan tashkilot ma'lumotlari | Darhol foydalanishdan chiqariladi; zaxira nusxalaridan 14 kun ichida o'chadi |
8. Sizning huquqlaringiz
- O'zingiz haqingizda saqlanayotgan ma'lumotlarni bilish va nusxasini olish
- Noto'g'ri ma'lumotlarni tuzatish
- Hisobingizni va ma'lumotlaringizni o'chirish — Ma'lumotni o'chirish sahifasiga qarang
- Ijtimoiy tarmoq ulanishini istalgan vaqtda uzish
- Ma'lumotlarni qayta ishlashga e'tiroz bildirish
Murojaat uchun: privacy@socetify.com. Javob 30 kun ichida beriladi.
9. Cookie fayllari
Socetify faqat zarur cookie fayllaridan foydalanadi: sessiyani saqlash, CSRF himoyasi va til tanlovini eslab qolish. Kuzatuv yoki reklama cookie fayllari ishlatilmaydi.
10. Voyaga yetmaganlar
Platforma 18 yoshga to'lmagan shaxslar uchun mo'ljallanmagan va ulardan ataylab ma'lumot to'planmaydi.
11. O'zgarishlar
Ushbu siyosat vaqti-vaqti bilan yangilanishi mumkin. Muhim o'zgarishlar haqida hisobingizga bog'langan elektron pochta orqali kamida 14 kun oldin xabar beriladi. Sahifa yuqorisida oxirgi yangilanish sanasi ko'rsatiladi.
Operator ma'lumotlari
| Tashkilot | "FAMOUS PLATINIUM GROUP" MAS'ULIYATI CHEKLANGAN JAMIYAT ("FAMOUS PLATINIUM GROUP" MCHJ) |
|---|---|
| STIR | 311276995 |
| Yuridik manzil | TOSHKENT VILOYATI, PARKENT TUMANI, МАРКАЗИЙ МФЙ, ОЙБЕК КУЧАСИ, 2-УЙ, 111304, O'zbekiston |
| Telefon | +998 50 767 43 21 |
| Maxfiylik masalalari | privacy@socetify.com |
| Qo'llab-quvvatlash | support@socetify.com |
| Veb-sayt | https://socetify.com |