Ma'lumot ajratilgan, tokenlar shifrlangan.
Quyida — hozir amalda ishlayotgan choralar. Rejadagi narsalarni bu ro'yxatga qo'shmadik.
Ma'lumot ajratilishi
Har bir tashkilot ma'lumoti baza darajasida ajratilgan. Filtrlash view'da emas, model qatlamida — dasturchi unutib qolsa ham ma'lumot sizib chiqmaydi.
Tokenlar shifrlangan
Ijtimoiy tarmoq tokenlari bazada Fernet bilan shifrlanadi. Kalit almashtirilsa eski tokenlar ham ochiladi (kalit rotatsiyasi).
Hisob biriktirish
Bir ijtimoiy hisob bitta tashkilotga tegishli. Uni boshqa tashkilotga ko'chirish faqat pulli tarifda va yozib boriladi.
Kirish nazorati
Olti xil mijoz roli va to'rt xil platforma xodimi roli. Sotuv bo'limi mijoz kontentini ko'ra olmaydi.
So'rov chegaralari
Kirish, ro'yxatdan o'tish va OAuth so'rovlari cheklangan — parol tanlash urinishlari to'xtatiladi.
Zaxira
Baza va media har kuni zaxiralanadi, arxiv butunligi tekshiriladi, 14 kun saqlanadi.
HTTPS va sarlavhalar
Barcha trafik TLS orqali. HSTS, CSRF himoyasi va xavfsiz cookie'lar yoqilgan.
Media himoyasi
Fayllar tashkilot papkasida, tasodifiy nom bilan. Havolani bilgan begona odam ochib ko'ra olmaydi — har so'rovda ruxsat tekshiriladi.
Kamchilik topsangiz
Xavfsizlik muammosini topsangiz, ommaviy joyda emas, to'g'ridan-to'g'ri yozing: privacy@socetify.com. Javobni ish kuni ichida beramiz va tuzatilgach sizga xabar qilamiz.