Socetify yangi ko'rinishda

dizaynyangilik

Eslatma (2026-09-05): quyida tasvirlangan 3D bosh sahifa endi yo'q. Nega olib tashlaganimiz yangi maqolada yozilgan. Bu yozuv o'sha paytdagi holat sifatida qoldirildi.

Nima o'zgardi

Bosh sahifa endi yetti sahnadan iborat: aylantirganingizda kamera 3D fazoda oldinga siljiydi va mahsulotning ichiga kirib boradi. Har bir sahna bitta fikrni aytadi — muammo, jarayon, kanallar, jamoa, natija.

Ekran to'liq ishlatiladi: kontent kengligi ekranning 80% i, chap va o'ngda 10% dan zaxira qoladi. Avvalgidek o'rtada tor ustun emas.

Nima uchun 3D

Sabab bezak emas. Socetify ning asosiy g'oyasi — tarqoq ishni bitta oqimga yig'ish. Buni matn bilan tushuntirishdan ko'ra ko'rsatgan yaxshi: sahnada uchta alohida panel kamera yaqinlashgani sari bir tekislikka tiziladi.

  • Matn HTML da qoladi — qidiruv tizimlari ham, skrinrider ham o'qiydi
  • WebGL yo'q bo'lsa yoki tizimda "harakatni kamaytirish" yoqilgan bo'lsa, 3D umuman ochilmaydi va sahifa oddiy ko'rinishda ishlaydi
  • Qurilma quvvati o'lchanadi: FPS pasaysa, sahna avtomatik yengillashadi

Brend

Logotip Orbit — markazda yadro, atrofida uchta halqa. Halqalar — ulangan kanallar, ulardagi nuqtalar — post chiqadigan joylar. Ranglar chuqur kosmos palitrasidan: #05070F fon, #3FD2FF va #7B5CFF urg'ular.

Eski ko'rinish kerak bo'lsa, hozircha ?v1=1 orqali ochiladi.

← Barcha maqolalar Bepul boshlash